Abdurahmonning buvasi bugun yana keldi. O`sha-o’sha oq surp yaktak, shoyi qiyiq, oppoq soqoli va yarashiq sutdek salla...
Ammo, Abdurahmon «Keling buva» deya olmadi — boboning vajohati xunuk edi.
– Sen nima uchun meni mujmal yaltoqi qilib qo’yding, bolam. Sendan umidim shulmidi! Men qachon nonu-tuz ko’tarib yovuzlarga peshvoz chiqqan ekanman, qani, ayt! Bu qanaqasi, mana endi mo’min-musulmon oldida yo sen xoin, yo men xoin. Nima degan odam bo’ldim, axir, men senga bo’lgan voqeani miridin-sirigacha hikoya qilib bermovdimmi? Yo Olloh, o’zingdan chiqqan baloga qayga boray davoga.
– Axir, buva...