O`zbek oilasidagi bola tarbiyasida mehnat va turmushdagi ijobiy milliy an`analar katta rol o`ynaydi.Uzoq tarixga ega bo`lgan mehmondo`stlik an`anasi keyingi paytlarda ijtimoiy tushuncha va shakllar bilan boyib bormoqda. Yosh avlodni tarbiyalash - murakkab va ko`p qirrali jarayon. Darhaqiqat, yoshlarni har tomonlama, ham aqlan, ham jismonan barkamol, axloqan yetuk, ma`naviy pok qilib tarbiyalash shu kunning muhum va dolzarb muammolaridan biriga aylanib qoldiki, bu davr va bugungi turmushimizni taqozosidir. Inson va uning baxt-saodati haqida, uning qadryatlari haqida g`amho`rlik qilish, qayg`urishni xayriyatki, hechdan ko`ra kech bo`lsada, tushunib angladik.