Teri va tanosil kasalliklari

Teri va tanosil kasalliklari
Daraja:
Не определено
Yo'nalish:
Ilmiy-ta`limiy
Turi:
O`quv-qo`llanma
Nashr etilgan yili:
2010
Til:
O`zbek tilida (lot.)
Yaratilan vaqti:
2021-04-11 00:18:59
Qo’llanma tibbiyot oliy bilimgohlarining pediatriya kulliyoti talabalari uchun kafedra xodimlari tomonidan tuzilgan dastur asosida o’n to’rt mashg’ulotga bo’lib yozilgan. Bu dastur Toshkent bolalar tibbiyot oliy bilimgohining o’quv-uslubiy bo’limida muhokama qilinib, ilmiy kengashida tasdiqlangan. Har bir mashg’ulot olti qismdan iborat bo’lib, quyidagilarni o’z ichiga oladi: mashg’ulot mavzusi, mavzuning qisqacha mazmuni, mashg’ulotning maqsadi, uyga vazifa, adabiyotlar, talabalarning o’z ustida ishlash rejasi. Mavzularning qisqacha mazmunida kasalliklarning sabablari, rivojlanish jarayoni, klinik belgilari va davolash sohasidagi zamonaviy ma’lumotlar qisqacha tarzda berildi. Hozirgi vaqtda o’zbek tilida yozilgan darslik va qo’llanmalarda ba’zan tushunish qiyin bo’lgan jumlalar uchrab turibdi. O’zbek tilidagi terminlar goho masalaning mohiyatini to’liq ochib berayotgani yo’q. Ana shunday kamchiliklarni chetlab o’tish maqsadida biz dermatozlarni ta’riflayotganda sodda va aniq terminlar va iboralardan foydalandik. Qo’llanmaga baho berish va o’z taklif-mulohazalarini bildirish kitobxonga havola albatta. Ammo kitobxonning aksariyatini talabalar tashkil etishini hisobga olish, ularning turli viloyatlardan kelganligini e’tirof etish qo’llanmani sodda tilda yozishga undadi. Shuningdek, dermatozlarning nomlarini keltirishda ularni xalqimiz orasida qo’llanilayotgan nomlar bilan atashga harakat qildik. Masalan, ekzemani gush, psoriazni qo’’bus, teri leyshmaniozini pashshaxo’rda, impetigoni shirincha, ektimani ko’zyara, follikulitni sizlog’ich deb atashga, ya’ni qadimiy turkiy atamalarni qo’llashga jazm etdik. Qo’llanmada mashg’ulot maqsadining alohida ta’kidlanishi talaba zimmasiga anik, vazifa yuklaydi. Bu vazifalarni to’g’ri bajarish uchun uyga vazifa bo’limi yordam beradi, shuningdek, o’z-o’zini nazorat etishga sharoit yaratadi. Adabiyotlarning ko’pchiligi asosan rus tilida bo’lganligi tufayli mazkur kitoblarning nomlari ham rus tilida berildi. Talabalarning o’z ustida ishlash rejasi oliy tibbiy pedagogika va Sog’liqni Saqlash Vazirligining o’quv-uslubiy idorasi talablariga javob beradi degan umid bildiramiz.

Дабавлено : 2021-04-11 00:18:59

Этот категорий

Mehnat ta’limi bo’yicha yangi tаhrirdаgi Davlat ta’lim standarti

Сабзавотчилик экин майдонлари таркибини оптималлаштириш ва уни иқтисодий самарадорлиги

4-sinf o`quvchilari uchun ona tili, matematika, jismoniy tarbiya fanlaridan о`tkaziladigan bosqichli imtihon materiallari va metodik tavsiyalar to`plami

Экзаменационные материалы и методические рекомендации для 4 класса (Родной язык, математика, физическое воспитание)

Umumiy o`rta ta’lim maktablarining 5–6-sinf o`quvchilari uchun matematika, adabiyot, xorijiy til, rus tili, botanika, tarix fanlaridan bosqichli nazorat imtihon materiallari va metodik tavsiyalar to`plami

Новый

Жиззах вилоятида туристик дестинацияларни ташкил этишнинг ҳудудий жиҳатлари

Таълим муассасаси раҳбарининг бошқарув фаолиятида соғлом ва ижодий муҳитни яратиш механизмларини такомиллаштириш

Ишлаб чиқариш таълими усталарининг касбий компетентлигини ривожлантириш

Eliptik qismi yuqori tartibli bo`lgan kasr tartibli xususiy hosilali differensial tenglamalar uchun to`g`ri va teskari masalalar

Саноат корхоналари ривожланишининг инновацион стратегияларини такомиллаштириш