Matematik fizika tenglamalari fani nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Mexanika, fizika, texnika va boshqa sohalarda uchraydigan turli jarayonlar matematik fizika tenglamalari orqali ifodalanadi. Fanning maqsadi matematik fizikaning klassik tenglamalari deb ataluvchi to`lqin, Laplas, hamda issiqlik tarqalish tenglamalarini tekshirish va ularga qo`yiladigan asosiy masalalarni yechishdan iborat.