Joriy yilning “Mustahkam oila yili” deb elon qilinishi munosabati bilan 2012 yil uchun belgilangan maqsadlarga erishish bo’yicha dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan, jamiyatning ma`naviy asoslarini yanada mustahkamlashda oilaning o’rni va ta`sirini oshirish, har bir oilaning moddiy farovonligini oshirish orqali xalq farovonligini yuksaltirish masalalariga alohida etibor qaratilmoqda [1]. Aholining sihat-salomatligini saqlash va muhofazalashda ularning oqilona ovqatlanishi tashkil qilish muhim ahamiyat kasb etadi.