Oliy ta’lim tizimida informatika va axborot texnologiyalari fanining o’qitilishi va tashkil etilishi, uning mazmuni mutaxassislik ta’lim yo’nalishiga qarab tuzilishi maqsadga muvofiqdir. Informatika va axborot texnologiyalarini ta’lim sohasining turli yo’nalishlari bo’yicha o’qitishda talabalarga bilim berishning samaradorligini oshirishning asosini ulardagi mazmun talabalarning egallashi lozim bo’lgan mutaxassisliklarini e’tiborga olgan holda tuzilishi zamon talabi darajasidagi bilimni o’zlashtirishlariga imkon beradi.