Mashg`ulotning maqsadi va qisqacha tavsifi: Antropometrik o’lchovlar o’tkazish orqali jismoniy rivojlanishga baho berish. O’quvchilarning maktabdagi shaxsiy tibbiyot varaqalarini tahlil qilish.
Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishi to’grisidagi ma`lumotlar ularning sog’lig’ini ko’rsatuvchi muhim belgilardan bo’lib, uning ko’rsatkichlari ko’pgina omillarga jumladan iqtisodiy, tashqi muhit, irsiyat, ovqatlanish va boshqalarga bog’liq. Somatometrik belgilardan – bo’y, tana vazni va ko’krak qafasi aylanasi aniqlanadi. Tana uzunligi organizmdagi plastik jarayonlar holatini xarakterlovchi miqdor ko`rsatkichi bo’lib hisoblanadi. Ko’krak qafasi aylanasi esa ko’krak kafasining sig`imi, ko’krak va yelka mushaklarining rivojlanganligini xamda ko’krak bo’shlig’i a`zolarining funksional holatini xarakterlaydi.