Hozirgi kunda ijtimoiy fanlar qatorida, xususan, «Sotsiologiya» fani oldida shakllanib kelayotgan yangi ijtimoiy munosabatlar va ularning xususiyatlari, bozor bozor munosabatlariga o`tish jarayoni hamda uning kelgusida ijtimoiy oqibatlarini, mehnat munosabatlarining yangi sharoitdagi o`ziga xos jihatlarini o`rganish masalasi ko`dalang bo`lib turibdi. «Sotsiologiya» va uning maxsus nazariyasi-mehnat sotsiologiyasi doirasida bu muammolarning ham nazariy, ham amaliy tomonlari o`zaro dialektik bog`liq holda qaralishi lozim. Mehnat faoliyati bilan bog`liq jamiyat hayotining barcha jihatlari, jarayonlari konkret sotsiologik tadqiqot asosida o`rganiladi.