Ushbu referatda rangtasvir, uning janrlari, tarixi hamda naturadagi rangtasvir jarayoni haqida keng fikrlar berib o`tilgan. Rangtasvir san’atiningn o`ziga hosliklari va naturani rangda ifodalab berishning maqbul usullari ham referatda o`z aksini topgan. Biror bir satx yuzasiga, bo`yoqlar (moybo`yoq , tempera, akvarel, guash va boshqalar) bilan bajarilgan san`at asariga rangtasvir deyiladi. Rangtasvirdagi obrazlar juda yorqin va tomashabop. Rassomlar asarlarini rangtasvir va plastik vositalar bilan yaratadilar. Ular qalamtasvir va kompozitsiya imkoniyatlaridan foydalanganlari bilan, rangtasvirdagi eng asosiy ta`sirchanlikni beruvchi vositalardan biri bu rang hisoblanadi.
Rangtasvirdagi tasvirlar tasviriy satxda uzluksiz bo`yoq qatlamini hosil qiluvchi bo`yoqlar yordamida yaratiladi. Xattoqi akvarel rangtasvirida 2.qog`ozda bo`yoq tegmagan joylar qolsa ham, tasvirning uzluksizligiga ta`sir qilmaydi, chunki bo`yoqlar bir-biriga singishib va aralashib ketishadi.