Mexanikaning suyuq muhit harakatinining qonunlarini va uning shu oqayotgan muhitdagi holatlarini xarakterlovchi bo’limiga gidrodinamika deyiladi
Mexanikaning suyuq muhit harakatinining qonunlarini va uning shu
oqayotgan muhitdagi holatlarini xarakterlovchi bo’limiga gidrodinamika deyiladi.
Suyuqliklar, gazlar singari, ma’lum shaklga ega emas va qanday idishga quyilgan
bo`lsa, o`sha idish shaklini egallaydi. Gaz aniq bir hajmga ega emas va u berilgan
istalgan hajmeni egallaydi, suyuqlik esa to`laligicha
ma’lum xususiy hajmga ega. Gazlar nisbatan oson
siqiladi, suyuqliklar esa amalda deyarli siqilmaydi.
Suyuqlik molekulalari orasidagi masofa kichik
bo`lgani uchun molekulalarning bir-biriga tortishish
kuchi katta bo`ladi.