Mazkur uslubiy qo`llanmada elementar zarrachalarning muhit
zarrachalari bilan o`zaro ta’siri, detektorlarning asosiy elementlari,
zarrachalarni qayd qilishning ionizatsiya, yarim o`tkazgich xossalari,
Cherenkov nurlanishi, stsintilyatsiya va trekli xususiyatlariga
asoslangan usullari yoritilgan. Bu usullarga asoslanib ishlaydigan
detektorlarning tuzilishi va ishlash printsiplari keltirilgan. Ularning bir-
biriga nisbatan afzallik va kamchilik tomonlari tahlil qilingan. Uslubiy
qo`llanma fizika fakultetining yuqori kurs bakalavr talabalari,
magistrlar, aspirantlar va elementar zarrachalar xossalari bilan
shug’ullanuvchi xodimlar uchun mo`ljallangan.