O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Davlatimiz Konstitusiyasi qabul qilinganligining 20 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan tantanali marosimda 2013 yil nomini e’lon qildi. Ma’lumki, 2012 yil yurtimizda "Mustahkam oila" yili nomi ostida kechdi va yil davomida shunday nomlangan davlat dasturida belgilangan vazifalar ijro etildi. Davlatimiz rahbari tantanali marosimda nutq so’zlar ekan, "Mustahkam oila yili"da amalga oshirilgan ulkan ishlar sarhisobiga to’xtalib o’tdi.