Uslubiy qo`llanma I.Boboxo`jayev, P.Uzoqovlarning
«Tuproqning tarkibi xossalari va analizi» (Toshkent, «Mehnat»-1990
y) o`quv qo`llanmasi asosida tuzilgan. Ushbu qo`llanmada tuproqning
eng muhim granulometrik, fizikaviy, fizik-mexanikaviy va kimyoviy
xossalarini o`rganish, ularni aniqlashga oid laboratoriya
mashg`ulotlarini analiz qilish usullari yoritilgan. Bundan tashqari
O`zbekiston tuproqlari asosiy tiplarining profilini va boshqa
morfologik belgilarini o`rganish bo`yicha hamda foydalanish haqida
batafsil ma’lumotlar berilgan.
Uslubiy qo`llanma Universitetlar va qishloq xo`jaligi oliy o`quv
yurtlarining «Tuproqshunoslik», «Agrokimyo va
аgrotuproqshunoslik», «Agrokimyo» bakalavrlar yo`nalishlari
bo`yicha ta’lim olayotgan talabalariga mo`ljallangan, shuningdek
tuproqshunoslik-agrokimyo laboratoriyalarining xodimlari va tuproq
unumdorligi bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ham foydalanishlari
mumkin.