Til faqat kishilik jamiyati mahsulidir. Tilsiz hech bir voqelik va hodisani, insonning tabiatda, jamiyatda tutgan o`rni, jamiyat taraqqiyoti yo`llarini bilish, o`rganish mumkin emas.
Tilshunoslik yoki til bilimi (lingvistika til haqidagi mustaqil va aniq fan bo`lib, tilning kelib chiqishi, tarixiy taraqqiyot jarayonlari va qonuniyatlarini ilmiy asosda o`rganadi. Bu fan muayyan va umumiy tilshunoslik sohalaridan iborat.