O’zbek tilida( kirill va lotin alifbosi) xozirgi zamon talabiga javob beradigan
darsliklar va o’quv kullanmalar yaratish zaruriyatidan kelib chiqib mazkur o’quv
qo’llanma O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan
tibbiyot institutlari talabalari, magistrlari va klinik ordinatorlari uchun o’quv
qo’llanma sifatida tavsiya etildi. Tibbiyotning boshqa soxalari kabi otorinolaringologiya (LOR) xam jadal rivojlandi, zamonaviy diagnostika va davolash usullari, shuningdek asbob-uskunalar
xamda dori vositalari ishlab chiqildi. Bu LOR kasalliklarini o’z vaqtida davolash va
oldini olish imkonini beradi. SHuni inobatga olgan xolda mazkur o’quv qo’llanmani
nashr etishga ehtiyoj tuғildi.