Ushbu ma’ruza matnlarida nutq madaniyatining nazariy asoslari, amaliy masalalari mavjud adabiyotlardan foydalangan holda yoritishga harakat qilingan. Bunda bevosita o’qituvchining nutqiy faoliyatiga alohida urg’u berilgan. Nutq madaniyatining boshqa fanlar bilan munosabati, bog’liqligi ko’rsatib berilgan. Nutqning asosiy kommunikativ sifatlari, o’qituvchi nutq madaniyatining texnikasi kabi masalalar bayon qilingan.