Bizga ma`lumki, mustaqilligimiz tufayli juda ko`p sohalarda yutuqlarni qo`lga kiritdik. Bugun biz yangi hayot, huquqiy demokratik davlat barpo etayotgan ekanmiz, zamonning o`zi jamiyatimizda hanuz saqlanib kelayotgan, umrini o`tab bo`lgan ba`zi qarashlarni tubdan o`zgartirishga, davr bilan hamnafas bo`lib, yangicha fikrlashga davat etayotganini hisobga olish lozim.