Tadqiqot manbai o`zbek adabiyoti tarixida yaratilgan “holot”, “manoqib”, “manqaba”, “maqoma” va ba’zan “tazkira”, “shajara” hamda “tarix” kabi istilohlar bilan qo`llanib kelipgan janrlardagi asarlardan iborat. Bunday asarlar o`zbek adabiyotshunosligi nazariy va amaliy taraqqiyotida tutgan o`rniga ko`ra tadqiqqa tortiladi.