Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishi to’grisidagi ma`lumotlar ularning sog’lig’ini ko’rsatuvchi muhim belgilardan bo’lib, uning ko’rsatkichlari ko’pgina omillarga jumladan iqtisodiy, tashqi muhit, irsiyat, ovqatlanish va boshqalarga bog’liq. Somatometrik belgilardan – bo’y, tana vazni va ko’krak qafasi aylanasi aniqlanadi. Tana uzunligi organizmdagi plastik jarayonlar holatini xarakterlovchi miqdor ko’rsatkichi bo’lib hisoblanadi.