"Mazkur bitiruv ishining asosiy maqsadi koreys tilida kundalik turmushga oid predmetlarning ma’nosini anglatuvchi ekvivalentsiz so’zlarning milliy-madaniysemantik xususiyatlarini frazeologizmlar orqali ifodalab berishdan iborat. Mana shu maqsadlardan kelib chiqib, ushbu tadqiqot ishi oldiga quyidagi vazifalar qo’yildi:
1. Milliy-madaniy semantikaning ifoda uslublarini ko’rib chiqish;
2. Ekvivalentsiz so’zlarning o’ziga xos xususiyatini ochib berish;
3. Ekvivalentsiz so’zlarning turlari va ularni milliy-madaniy jihatdan ko’rib chiqish;
4. Koreys tilida kundalik turmushga oid predmetlarning ma’nosini ifodalovchi so’zlarni o’rganish;
5. Turmush tarziga oid predmetlarning ma’nisini ifodalovchi so’zlarning semantik o’ziga xosligini frazeologizmlar klassifikatsiyasi asosida frazeologik birliklar misolida ko’rib chiqish;
"