Ushbu o`quv qo`llanma kasb-hunar kollejlarining yengil sanoat sohasida ta’lim olayotgan o`quvchilar uchun mo`ljallangan bo`lib, unda paxta, ipak qurti pillasi, kanop, lub tolalarini va junni qayta ishlash texnologiyasi, jihozlarining tuzilishi va ishlash tartiblari batafsil bayon etilgan. Qo`llanmada keltirilgan barcha ma’lumotlar o`quvchilarga mos ravishda aniq va ravon yoritilgan.