Ushbu o`quv qo`llanmada «Poema», «Tabriknoma», «Konsert-final», «Shodiyona» va «To`yona» deb nomlangan beshta asar partitura klaviri berilgan. Ular ikki qo`l va to`rt qo`l ijrosi uchun moslashtirilgan. Qo`llanma san’at, musiqa kollejlari va san’at maktab va litseylari o`quvchilariga mo`ljallangan bo`lib, undan san’at oliy o`quv yurtlarining fortepiano bo`limi talabalari ham foydalanishlari mumkin.