Ushbu kitobga mualliflarning oliy o`quv yurtlarida o`qigan ma’ruzalari, amaliy-tajriba mashg`ulotlar o`tkazishdagi materiallari asos qilingan. Ushbu darslik sanoatning mashinasozlik, avtomobilsozlik, samolyotsozlik, metallurgiya, oziq-ovqat ishlab chiqarish, matbaa ishlab chiqarishi sohalari hamda transport va qurilish sohalari bo`yicha mutaxassislar tayyorlayotgan kasbhunar kollejlari uchun mo`ljallangan.