«Nazariy mexanika» fani yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda muqim fanlardan biri bo’lib, fizika-matematika fanlari qatoriga kiradi. Ko’plab muhandislik masalalarni nazariy mexanikaning asosiy nazariyalari va prinsiplariga asoson echiladi. Nazariy mexanika kursini o’rganish uchun nafaqat nazariyani bilish, shuning bilan birgalikda masalalar echish uslubini bilishi kerak. Buning uchun nazariy mexanikani barcha bo’limlari bo’yicha ko’plab masalalar echish talab etiladi.