Analitik kimyo - moddalarning sifat va miqdoriy tarkibini analiz qilishning nazariy asoslari va usullarini o`rganadigan fandir. Analitik kimyo sifat va miqdor analizidan iborat. Sifat analizining vazifasi tarkibi noma`lum modda yoki aralashmaning tarkibiy qismlarini, ya`ni u qanday element yoki ionlardan tarkib topganligini aniqlashdir. Miqdoriy analizning vazifasi esa moddadagi yoki aralashmadagi bir yoki bir necha tarkibiy qismlar miqdorini aniqlashdan iboratdir.