Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi. Bugungi kunda O`zbekiston kuchli fuqorolik jamiyati qurish yo`lidan borar ekan, bu sharoitda jamiyat hayotida tub islohotlar o`tkazish va modernizatsiyalash kundalik ehtiyojga aylanadi.
XXI asr kishilik jamiyati tarixida va hayotida rivojlangan «Axborot texnologiyalari asri» sifatida kirib keldi. Ushbu yangi asr mamlakatlar, xalqlar va insonlar hayotida, tarixida o`zining o`lkan o`zgarishi va yangilanishi bilan juda katta tarixiy rol’ o`ynadi. Ma`lumki, biz zamonaviy komp’yuter va telekomunikatsiya tizimlari hamda texnologiyalarini yanada rivojlantirishga g’oyat muhim e`tibor qaratmoqdamiz. Jumladan, bizning mamlakatimiz ham ushbu voqe`likdan chetda qolmagan holda islohotlar jarayoniga jadallik bilan kirib bormoqda. Zero, bugun jamiyatimiz oldida turgan eng dolzarb masala “…mamlakatimizni modernizatsiya qilish va erkinlashtirishni, siyosiy huquqiy va iqtisodiy tizimni demokratik yangilashni, yurtimizda fuqorolik jamiyatini shakllantirishni davom ettirishdir.”