Ilmiy texnik progress effektivligini oshirish faktorlaridan biri ishlab chiqarishni avtomatlashtirishdir. Zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari to`liq avtomatlashtirilgan va yuqori effektiv mashina va jihozlar bilan jihozlangan. Bunday zamonaviy ishlab chiqarish korxonasida ishlaydigan mexaniklar, texnologlar va boshqa soha mutaxassislari avtomatlashtirish to`g’risida umumiy ma`lumotga ega bo`lishlari zarur.