Ushbu qo`llanma oliy musiqa o`quv yurtlari damli va zarbli cholg`ular mutaxassisligining bakalavriat bosqichi talabalari uchun mo`ljallangan. Mazkur fan mutaxassislik majmuasiga kiradigan maxsus fanlardan bo`lib, talabalarni badiiy bilim doirasini har tomonlama rivojlantirishga, damli va zarbli cholg`ular ijrochiligi va musiqa san’atining turli oqimlari hamda uslublarini zukkolik bilan fahmlashga o`rgatadi.