Mazkur uslubiy qo’llanma amaliy va seminar mashg’ulotlarni o’tkazish uchun kunduzgi bo’lim Iqtisodiyot va menejment fakultetining «Iqtisodiyot» va “Menejment” yo’nalishlarida ta’lim olayotgan talabalar uchun yangi uquv rejasi asosida tuzilgan. Mavzularni tanlashda muallif bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida iqtisodiy xayotni barqarorlashtirishning asosiy omillaridan biri bo’lgan pul muomalasi, moliya, kredit va unga bog’liq muammolar hamda bu muammolarni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratgan.