Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o`z milliy tili, madaniyati, qadriyatlari, tarixini bilishga, o`zligini anglashga bo`lgan qiziqish ortib bormoqda. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq, «O`zbekiston tarixi»ni haqqoniy yoritishga alohida e’tibor berila boshlandi. Haqqoniy deb aytishimizga sabab «sobiq sho`rolar» davrida bir necha yuz ming yillik tariximiz buyuk ajdodlarimiz hayoti faqat o`sha davr mafkurasi ruhida salbiy jihatdan yoritilib, uning asl mohiyati “soya” ostiga olingan edi.