Bolani sog’lom qilib tarbiyalashda onaning roli nihoyatda katta. Qiz bola, bo’lajak ona, shuning uchun uning parvarishiga va rivojlanishiga katta ahamiyat berishimiz kerak. Har bir ona oilada balog’atga yetgan qizini tekshirib, undagi kasalliklarni oldini olib davolash va surunkali kasalliklarni bartaraf etmog’i lozim. Bunday onalar kelajakda qizlariga sog’lom va baxtli ona bo’lishiga zamin yaratadilar.