Mazkur qo’llanma fransuz tilini mutaxassislik sifatida o’rganayotgan talabalar uchun mo’ljallangan. Ma’lumki, fransuz tilida kelishiklar bo’lmagani bois, kelishik qo’shimchalarining ma’nosi predloglar yordamida ifodalanadi. Shu sababli, fransuz tilini o’rganuvchi talabalar predloglarni qo’llashda birmuncha qiyinchiliklarga duch keladilar.