O`zbekiston Respublikasi taraqqiyotida halqning boy ma’naviy salohiyati va umuminsoniy qadriyatlarga hamda hozirgi zamon madaniyati, iqtisodiyoti, ilmi, texnikasi va texnologiyasining so`nggi yutuqlariga asoslangan mukammal ta’lim tizimini barpo etish dolzarb ahamiyatga ega. Ma’lumki, kadrlar tayyorlash Milliy dasturida ilg`or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va o`zlashtirish zarurligi ko`p marta takrorlanib, ”...yangi pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanib, talabalarni o`qitishni jadallashtirish” ko`zda tutilgan.