KIRISh
Analitik kimyo - moddalapHing sifat va miqdoriy tarkibini analiz qilishning nazariy asoslari va usullarini o’rganadigan fandir. Analitik kimyo sifat va miqdor analizidan iborat. Sifat analizining vazifasi tarkibi noma`lum modda yoki aralashmaning tarkibiy qismlarini, ya`ni u qanday element yoki ionlardan tarkib topganligini aniqlashdir. Miqdoriy analizning vazifasi esa moddadagi yoki aralashmadagi bir yoki bir necha tarkibiy qismlar miqdorini aniqlashdan iboratdir.
Sifat analizi odatda miqdoriy analizdan oldin o’rganiladi, chunki tekshiriladigan moddaning oldindan, ma`lum bo’lgan birorta tarkibiy qismining foiz miqdorini aniqlash zarur bo’lganda ham, sifat tarkibini o’rganmay aniqlab bo’lmaydi. Shuning uchun moddalapHi analiz qilishga doir muammolapHi kimyoviy, fizikaviy va fizik-kimyoviy usullapHi qo’llash bilan hal etish mumkin.