Mazkur darslikda yordamchi maktabda ona tili o`qitish metodikasining umumiy masalalari hamda savod o`rgatish, o`qishga o`rgatish, grammatika va imlo, nutq o`stirish metodikalari yordamchi mehnat ta’limi maktabining maqsad va vazifalarini hisobga olgan holda bayon etilgan. Qo`llanmada ona tili metodikasining barcha bo`limlarida ishlar yordamchi maktabda ta’lim oluvchi aqli zaif, oligofren o`quvchilarning rivojlanishidagi o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda korreksion yo`nalishda tashkil etilishi yoritilgan.