Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish tizimi iqtisodiy axborotni ishlashni avtomatlashtirilgan tizimining (IAIAT) tarkibiy, nisbiy, mustaqil qismi bo`lib, boshqaruvning muayyan vazifasini o`z ichiga oladi. Amalda ishlash quyi tizimlarining turli tarkiblari bo`lib, ko`pincha ulardan "Ildam boshqaruv", "Buxgalteriya hisobi", "Rejalashtirish", "Talabni o`rganish va bashoratlash" tizimlari tez-tez uchrab turadi.
Bozor iqtisodiyeti sharoitida boshqaruvning barcha darajalarda qabul qilinadigan qarorlarning ilmiy asoslarini oshirish zarur. Boshqaruvning barcha xo`jalik tuzilmalari o`z harajatlarini o`zi qoplashi o`zini-o`zi pul mablag`i bilan ta’minlashi va mustaqil bo`lishini ta’minlamog`i lozim.