Bu qo’llanma Misr, Suriya, Iroq, Livan, Jazoir, Tunis va Marokash mamlakatlari adabiyotining XIX asr boshlaridan XX asr oxirigacha bo`lgan davri tarixini qamrab oladi.
Qo’llanmada mazkur mamlakatlardagi adabiy hayot ijtimoiy jarayonlar bilan bog`liq holda tadqiq etiladi, unda Yevropa mamlakatlari adabiyoti ta’sirida vujudga kelgan roman, hikoya kabi nasriy janrlarning shakllanishi, mahalliy an’analarning adabiy jarayondagi o`rni, voqelikning badiiy in’ikosi usullari, ijodiy metodlar, badiiy adabiyotdagi inson konsepsiyasi va shu kabi masalalar borasida so`z yuritiladi. Asarda Jubron Xalil Jubron, Taha Husayn, Tavfiq al-Hakim, Nagib Mahfuz, Yusuf Idris, Gamal al-Gitani kabi mashhur arab yozuvchilarining ijodiy portretlariga ham salmoqli o`rin ajratilgan.