Biologik kimyo

Biologik kimyo
Daraja:
Oliy ta`lim
Yo'nalish:
Boshqa
Turi:
Ma`ruza matni
Nashr etilgan yili:
2008
Til:
O`zbek tilida (lot.)
Yaratilgan vaqti:
2021-04-13 14:01:09
Biologik kimyo – barcha tirik organizmlarda kechadigan kimyoviy jarayonlarni o`rganuvchi fan. Bu jarayonlar organizmlarda, uning to`qima va a’zolarida, hujayra hamda uning tarkibidagi tuzilmalar (strukturalar)da doim sodir bo`lib turadigan moddalar va energiya almashinuvidan iborat. Moddalar almashinuvini o`rganishdan oldin turli organizmlar tarkibida o`zgarib turadigan moddalar bilan tanishib chiqish zarur. Biologik kimyo fani oqsillar, nuklein kislotalar, uglevodlar, lipidlar, vitaminlar hamda anorganik birikmalarning kimyoviy tuzilishlari, xossalari, ularni organizmning turli qismlarida, jumladan, hujayra va uning elementlarida tarqalishi, joylashishini o`rganish bilan shug`ullanadi. Biokimyo fani 3 bo`limdan iborat: 1. Statik biokimyo. 2. Dinamik biokimyo. 3. Funktsional biokimyo. Statik biokimyo tirik organizm tarkibiga kiruvchi moddalarning kimyoviy tarkibi va xususiyatlarini o`rganadi. Bu bo`limning asosiy masalalari bioorganik kimyo tomonidan o`rganiladi. Dinamik biokimyo organizmga moddalarning qabul qilinishidan boshlab oxirgi mahsulotlar shaklida chiqarib yuborilishigacha bo`lgan barcha o`zgarishlarni tahlil qiladi. Funktsional biokimyo a’zo va to`qima funktsiyalariga bog`liq ravishda, ularda kechadigan kimyoviy jarayonlarni tadqiq etadi. Biologik kimyoning barcha bo`limlari o`zaro uzviy bog`langan va zamonaviy biokimyoning qismlari hisoblanadi. Biologik kimyo tadqiqot ob’yektiga ko`ra odam va hayvonlar biokimyosi, o`simliklar biokimyosi va mikroorganizmlar biokimyosiga bo`linadi. Biologik kimyo biologiya va kimyo fanlari oralig`idagi bir soha bo`lganligi uchun u shu ikki fanning ma’lumotlari va g`oyalariga asoslanadi. Bu fan alohida fan sifatida biologiya va kimyo fanlarining ma’lum rivojlanish bosqichida paydo bo`lgan. Biologik kimyo haqidagi dastlabki tushuncha mashhur fransuz olimi Lavuaz’e (1743-1794) ning XVIII asr oxirlarida olib borgan tajribalaridan boshlangan deb hisoblanadi. Uning oksidlanish va bu jarayonda kislorodning o`rni haqidagi klassik tadqiqotlari tanadagi “yonish” hodisasining kimyoviy asosini aniqlashga olib keldi. Lavuaz’e bu reaksiyada kislorod yutilib, karbonat angidrid ajralib chiqadi va issiqlik hosil bo`ladi, degan xulosaga kelgan edi. O`rta asrning buyuk allomasi va tabibi Abu Ali ibn Sino (980-1037) o`zining “Tib qonunlari” asarida tibbiyotda qo`llaniladigan kimyoviy moddalarning tasnifini, tananing “suyuq”ligi va siydik tarkibidagi moddalarni aytib o`tgan. Insonlarning kasalliklar sababini tushunish va unga qarshi dori izlashga bo`lgan tabiiy intilishlari tirik organizmlarda kechadigan jarayonlarga qiziqish uyg`ota bordi. Farmasevtika amaliyotida biokimyo yangidan-yangi o`rinlarni egallamoqda. Jumladan, biologik katalizatorlar bo`lgan – fermentlar sanoatda dori moddalari (masalan, steroid gormonlar)ni sintez qilishda qo`llanilmoqda. Gen injeneriyasi usuli yordamida tabiiy dori preparatlarini ishlab chiqarishning istiqbolli yo`llari ko`rib chiqilmoqda. Mikroorganizmlar biokimyosini bilish aminokislotalar, nukleotidlar, nukleozidlar, vitaminlar, antibiotiklar kabi dori preparatlarini sanoatda ishlab chiqarishning qulay va iqtisodiy jihatdan samarali usullarini yaratish imkonini berdi. Fermentlardan analitik reagent sifatida foydalanib dorilarni tez va o`ziga xos (spesifik) tahlil qilish usullari ishlab chiqildi. Amaliyotda dorilarning ta’sir mexanizmlarini bilish katta ahamiyatga ega. Hujayraning ferment sistemasi tomonidan dorilarning o`zgarishga uchrashini o`rganish qo`llaniladigan dorining me’yorini, uning organizmda almashinuvini boshqarish va ta’sir etuvchi moddaning tabiatini, ya’ni uning samarasi dastlabki moddaning ta’sirimi yoki uning almashinuv mahsuloti ekanligini tushunish imkoniyatini beradi.

Дабавлено : 2021-04-13 14:01:09

Этот категорий

Pythonda matematik hisoblashlarni dasturlash

Nazariy mexanika

Nazariy mexanika

Fundamentals of scientific research and innovation

Oila tibbiyoti

Новый

Жиззах вилоятида туристик дестинацияларни ташкил этишнинг ҳудудий жиҳатлари

Таълим муассасаси раҳбарининг бошқарув фаолиятида соғлом ва ижодий муҳитни яратиш механизмларини такомиллаштириш

Ишлаб чиқариш таълими усталарининг касбий компетентлигини ривожлантириш

Eliptik qismi yuqori tartibli bo`lgan kasr tartibli xususiy hosilali differensial tenglamalar uchun to`g`ri va teskari masalalar

Саноат корхоналари ривожланишининг инновацион стратегияларини такомиллаштириш