Kirishish deb issiqlik va nam ta’sirida gazlama o’lchamlarining o’zgarishi tushiniladi.
To’qimachilik gazlamalari qo’shimcha nam-issiqlik ishlov berilganda kirishishi kuzatiladi. Gazlamalarning kirishishi natijasida undan tikilgan buyum kichrayishi mumkin.
Agar ho’llab kimyoviy tozalash, yuvish, dazmollash natijasida kiyimning avrasi astari turlicha kirishsa, kiyimda g’ijimlar, burmalar paydo bo’lishi mumkin.