Talim muassasalarida beriladigan malumot mazmuni tarixiy xususiyatga ega. Kishilik jamiyati taraqqiyotining barcha bosqichlarida yosh avlodga beriladigan malumot mazmuni, uning hajmi, muayyan ijtimoiy tuzumning iqtisodiy talabi va ehtiyoji, fan-texnika taraqqiyoti darajasi, madaniyati holati bilan belgilanib kelingan. Fan-texnika va texnologiya taraqqiyoti yuqori darajada bo’lgan bugungi kunda talim muassasalarida beriladigan malumot mazmuni o’quvchilarga ilmiy bilimlar berish, ularning faol ijtimoiy faoliyati tashkil etishlari yo’lida ko’nikma va malakalarini shakllantirishni ifodalaydi. Mustaqil O’zbekiston Respublikasi talim muassasalarida tashkil etiladigan talim (malumot) ning mazmuni, avvalo, komil inson va malakaviy mutaxassisni tayyorlash jarayoni mazmuni bilan belgilanadi.