Bu mavzuni o’rganishdan maqsad, O’zbekistonda ilk davlatlarning qachon vujudga kelganligi haqidagi bahs-munozaralarga aniqlik kiritish, ularning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy turmush tarzi va xalqaro vaziyati haqida tushuncha va ma’lumotlarga ega bo’lishdir. Darslikdagi manbaalar bilan cheklanib qolmasdan, yangi ma’lumotlarni topib, ulardan foydalangan holda mavzuni to’liqroq ochib berish ishning bosh maqsadidir.