“Adabiyotshunoslik asoslari” (shu kungacha “Adabiyotshunoslikka kirish” fani deb yurutilar edi) kursi adabiyotshunoslik va uning tarkibiy qismlari haqida umumiy ma’lumot beruvchi “Adabiyotshunoslik asoslari” kirishdan tashqari to’rt bo’limdan tashkil topgan. 1-bo’lim “Badiiy adabiyot haqida ma’lumot” deb nomlangan. Bu bo’limda “Badiiy obraz”, “Badiiy adabiyotda tipiklashtirish”, “Badiiy adabiyotning g’oyaviyligi” o’rganiladi. Badiiy adabiyotda dunyoqarash, g’oyaviylik, xalqchillik, milliylik va umuminsoniylik haqida ham fikr yuritiladi.