Uslubiy qo’llanmada «Muhandislik grafikasi » fanini o’qitish bo’yicha ta’lim texnologiyalari, ularni qo’llash bo’yicha uslubiy tavsiyalar bayon etilgan. Ushbu tavsiyalar didaktik tamoyillar, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlari texnologiyalarini ishlab chiqish usul va vositalari, ularning muhim belgilaridan iborat ta’limni texnologiyalash qoidalarini hisobga olgan holda loyihalashtirilgan.