Har bir hujayra — hayvon, o’simliklar hujayrasi eng murakkab va eng oddiy bo’lib, tirikligida murakkab kimyoviy faoliyati bilan xarakterlanadi. Тashqi muhitdagi moddalar to’xtovsiz hujayra ichiga kiradi, shu bilan bir vaqtda boshqa moddalar undan tashqi muhitga chiqariladi. Hujayraning bir joyida murakkab moddalar parchalansa, boshqa qismida oddiy moddalardan yuqori molekulyar birikmalar sintezlanadi.