Mazkur uslubiy qo`llanma umumkasbiy fanlar blokiga kiradigan mutaxassislik fani hisoblanadi. Ushbu fan bo`yicha manbalar TDYUI, O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar akademiyasi tomonidan chop etilgan o`quv qo`llanma va darsliklar mavjud. Bundan tashqari bizning fakultetda ushbu fan bo`yicha talabalarga ma’ruza matni, o`quv dasturlari, tarqatma materiallar hamda elektron darsliklar mavjud. Lekin bugungi kunda protsessual huquqlarning murakkablashib borishi mazkur turdagi qo`llanmalarni yangi qonun hujjatlari asosida takomillashtirib borishni talab qilmoqda.