O’zbekiston Respublikasida tayorlanayotgan o’rta tibbiyot hodimlarining jaxon andozalariga mos kelishi, xalqaro tibbiyot talablariga javob bera oladigan oliy va kichik hamshiralik tibbiyot mutahassislari tayyorlash hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biri bo’lib qolmoqda. «Ta`lim to’g’risida»gi Qonunning «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinishi ta`lim jarayonining sifat va mazmunini tubdan yaxshilashni talab qiladi. Xozirgi vaqtda o’qitishning zamonaviy texnik vositalari, informatsion texnologiyalar, inovatsion o’qitish usullari keng joriy qilinmoqda. Nazariy va amaliy mashg’ulotlarni bir-biriga bog’lab olib borish o’zining ijobiy samarasini beradi. Ushbu «Hamshiralik ishi» darsligi o’quvchilarni «Hamshiralik ishi» fanidan muolajalarni bajarish texnikalarini o’rganishda amaliy malakalarini oshirishga ijobiy yordam beradi. Ayniqsa, muolajalarni bajarish texnikasini izohli tasviri amaliy ko’nikmalarning tezroq va mukammal o’zlashtirishda qulaydir. Ushbu darslik muolajalarni bajarish texnikasi bayoni bilan berilgan birinchi qo’llanma bo’lib, ayrim kamchiliklardan holi emas. Muallif ushbu qo’llanmaning keyingi nashrlarini tayyorlashda yordam beradigan fikr va mulohazalarni mamnuniyat bilan qabul qiladilar.