Gematologiya (grekcha gemos-qon, lotincha logos-ilm so`zidan iborat)- qon to`g`rirsidagi ilmdir. Bu soha keng va chuqur bo`lib, qonning filogenezi, ontogenizi, morfologiyasi, organizmdagi vazifalari, kimyoviy, fizikaviy kaogulologik, immunologik va genetik xususiyatlarini o`rganadi.
Gematologiya fani bir qancha olimlarning izlanishlari tufayli keyingi 100 yil ichida rivojlangan sohalardan biridir. Gematologiyaning rivojlanish tarixiga nazar soladigan bo`lsak. XIX asr o`rtalarida Rossiyada biologiya, anatomiya, odam va hayvonlar fiziologiyasi, kimyo va fizika kabi tabiiy hamda tibbiy fanlar tez rivojlana boshlagan davrga to`g`ri kelgan.