Zoologik tadqiqot uslublari fani biologiya fanining ajralmas qismi va nazariya soslaridan birini tashkil qiladi. Bu fan hayvonlarning tuzilishini, sistematikasini, geografik tarqalishi va biologiyasini, hayvonlarning yashash sharoiti bilan uzviy birlikda o’rganadi. Umurtqali hayvonlar umurtqasiz hayvonlar va o’simliklar kabi fanlar eng avval dala fanidir. Hozirgi vaqtda bu fanlarni o’rganishda ko’proq laboratoriya sharoitida tajribalar o’tkazilib o’rganilsada, dala tadqiqotlari (material to’plash, kuzatish) en gmuhim hisoblanadi.