Dasturlash tillari asosan maxsus so`z va gaplarning mantiqiy konstruktsiyasidan foydalanib dasturlar yaratish imkoniyatini beradi. Ob`ektga yo`naltirilgan yondashuvlar (OMYo) bir kunda o`ylab topilgan emas. Uning paydo bo`lishi dasturiy ta`minotning tabiiy rivojidagi navbatdagi pog’ona, xolos. Vaqt o`tishi bilan qanday uslublar ishlash uchun qulay, qaysinisi noqulay ekanini aniqlash oson bo`lib bordi. OMYo eng muvaffaqiyatli, vaqt sinovidan o`tgan uslublarni o`zida mujassam etadi.
Dastlab dasturlash anchayin boshqotirma ixtiro bo`lib, u dasturchilarga dasturlarni kommutatsiya bloki orqali kompyuterning asosiy xotirasiga to`g’ridan-to`g’ri kiritish imkonini berdi. Dasturlar mashina tillarida ikkilik tasavvurda yozilar edi. Dasturlarni mashina tilida yozishda tez-tez xatolarga yo`l qo`yilar, kodni kuzatib borish amalda deyarli mumkin emas edi. Bundan tashqari, mashina kodlaridagi dastur tushunish uchun g’oyat murakkab edi.