Uslubiy ko’rsatma “SQL-texnologiyalari” fanidan ta’lim oluvchi talabalarga mo’ljallangan bo’lib, mazkur fandan dastur bo’yicha o’tiladigan laboratoriya mashg’ulotlarni to’liq o’z ichiga qamrab olgan. Uslubiy ko’rsatma MySQL va MsSQL dasturlarida ishlashga mo’ljallanganligini hisobga olib MySQL tili yuqori darajada sodda va tushinarli qilib tahlil qilingan va ko’pgini konstruksiyalar misol sifatida masalalar yechishning kompyuterda tekshirib ko’rilgan dasturlari ko’rsatilgan. Qo’llanmada to’la variantga qaraganda MySQLning boshlang’ich kursida o’qish maqsadiga muvofiq bo’lgan konstruksiyalar keltirilgan va olingan bir nechta masala bo’yicha yechim olingan.Shu bilan birga mualliflar qo’yilgan masalaga mos tarzda MySQL tilining afzalliklarini ko’rsatish uchun tavsifiy vositalar to’liq qamrab olishga harakat qilganlar.